200 metr nariga ko‘chirilsa, tirbandlik yo‘qoladi - prezident Qumqo‘rg‘ondagi «shlagbaum» muammosi Narzullayevga qarab qolgani haqida
Shuningdek, «Termiz-Sariosiyo» temiryo‘li to‘liq elektrlashmagani tufayli teplovozlar ikki barobar ko‘proq vaqt yurayotgani, lekin transport vaziri Ilhom Mahkamov va «O‘zbekiston temiryo‘llari» raisi Zufar Narzullayev bunga loqaydligi ko‘rsatib o‘tildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishida vazirlik va hokimliklar ishidagi muammolar tahlil qilindi.
Har bir tumandagi 40 dan ziyod tashkilotda o‘rtacha 500 nafar xodim ishlaydi. Ularning viloyatda idorasi ham, boshlig‘i ham bor.
Ayrim tuman tashkilotlari oddiy-oddiy masalalarni hal qilish uchun viloyatdan, ular esa respublikadan ruxsat olishi kerak.
Masalan, Qumqo‘rg‘on markazidagi temiryo‘lda har kuni 20 marta yopiladigan «shlagbaum» 200 metr nariga ko‘chirilsa, 8 ming avtomobil uchun tirbandlik yo‘qoladi. Lekin, bunga na tuman, na viloyat hokimining vakolati bor. «O‘zbekiston temiryo‘llari»dan ruxsat olish kerak.
Yoki, «Termiz-Sariosiyo» temiryo‘lining yarmi elektrlashmagani uchun elektrovoz 1,5 soat sarflaydigan manzilga teplovozlar 3 soatda boryapti. Shu bois, ko‘pchilik avtomobilda harakatlanmoqda.
Tuman hokimlari va aholi takliflarini eshitib, bu yo‘nalishni oxirigacha elektrga o‘tkazsa, 10 ta tumanni Termiz bilan xavfsiz bog‘lash mumkin, lekin transport vaziri Ilhom Mahkamov va «O‘zbekiston temiryo‘llari» raisi Zufar Narzullayev bunga loqaydligi ko‘rsatib o‘tildi.