Hafta davomida yomg‘irli kunlar bo‘lishi kutilmoqda

Foto: Kun.uz
Hafta davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha nisbatan nam havo massasi sirkulyatsiyasi davom etadi, havo harorati iqlim me’yorlari atrofida bo‘ladi.
Bugun, 9 iyun kuni respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi kutilmoqda.
10–11 iyun kunlari O‘zbekistonning shimoli-g‘arbida, 10–13 iyunda markaziy viloyatlar va Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning cho‘l hududlarida va janubida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati +30...+35 daraja atrofida, janubda +37 darajagacha bo‘ladi.
9 iyun va 12–13 iyunda respublika bo‘yicha shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. 9 iyunda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkent shahrida 9 iyunda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 3–8 metr/soniya tezlikda esadi, 12–15 metr/soniyagacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
10 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
11 iyunda kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi.
12–13 iyunda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 9–13 iyun kunlari kechalari +21...+23 daraja, kunduz kunlari +33...+35 daraja bo‘ladi.