Tramp: Rossiyaning Ukrainaga bergan zarbalaridan hayratdaman va hafsalam pir bo‘ldi
AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ukrainada tinchlikka erishish istagiga to‘g‘ri kelmaydigan harakatlarni davom ettirmoqda.

Foto: REUTERS
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaning Ukraina shaharlariga havo hujumlari mamlakatlar delegatsiyalari tinchlik muzokaralari olib borishi kerak bo‘lgan bir paytda sodir bo‘layotganidan hayratda qolganini aytdi. Bu haqda Oq uy rahbari 30 may, juma kuni Ilon Maskning Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari lavozimidan ketishi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
«Meni juda hayratda qoldirgan narsalarni ko‘rdim. Muzokaralar chog‘ida Kiyev kabi shaharlarga raketalar uchirildi. Muzokaralar esa, mening o‘ylashimcha, yakunlanishiga juda yaqin edi», — dedi AQSh prezidenti.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, «biz muammoni deyarli hal qildik», biroq Rossiya Ukraina shaharlarini raketalardan nishonga olib, odamlarni o‘ldirgan. «Meni hayratga solgan narsalarni ko‘rdim. Men hayron bo‘lishni yoqtirmayman. Shuning uchun juda hafsalam pir bo‘ldi», — dedi Amerika rahbari.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi haftada Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida kamida besh ming kishi halok bo‘lgan – «ularning aksariyati askarlar, shuningdek, butun Ukraina bo‘ylab kichik shaharchalarda yashagan odamlardir». «Men bu to‘xtaganini ko‘rishni istardim», dedi AQSh prezidenti.
Mavzuga oid

11:25
YeI va AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni muhokama qildi

10:41
Kiyev Trampni Rossiyani o‘t ochishga majburlash uchun sanksiyalardan foydalanishga chaqirdi

09:36
O‘zbekiston va AQSh Afg‘oniston bo‘yicha hamkorlik masalasini muhokama qildi

08:20