Rossiyaning bir hududi o‘zbeklarning tarixiy vatani deb ataldi
Rossiyalik deputat Yugra va Tyumen viloyatining bir qismi bir vaqtlar Sibir xonligi tarkibida bo‘lganini ta’kidladi.

Xolid Tag‘i-zoda / Foto: dumahmao.ru
Rossiya Kommunistik partiyasidan Xanti-Mansiysk – Yugra avtonom okrugi Dumasi deputati Xolid Tag‘i-zoda mintaqani ayrim migrantlarning tarixiy vatani deb atadi.
Xanti-Mansiysk avtonom okrugining tub aholisi va migrantlar o‘rtasida tug‘ilish statistikasini muhokama qilish chog‘ida deputat yangi kelganlar har xil ekanini ta’kidladi. U Yugra va Tyumen viloyatining bir qismi bir vaqtlar Sibir xonligi tarkibida bo‘lganini, uning oxirgi hukmdori Shayboniylar sulolasi vakili Kuchumxon ekanini, shayboniylar Buxoro xonligining tub aholisi, hukmron o‘zbeklar sulolasi ekanini ta’kidladi.
Tag‘i-zoda migrantlar Xanti-Mansiysk avtonom okrugiga xuddi tarixiy vataniga kabi borayotganini taxmin qildi.
Viloyat Dumasi spikeri Boris Xoxryakov nutqlar uchun alohida vaqt ajratilgan reglamentga asoslanib, muhokamani bu yo‘nalishda rivojlantirishni istamadi.
Mavzuga oid

15:45
Kiyevning Istanbuldagi muzokaralar uchun takliflari ma’lum bo‘ldi

15:36
Sanksion tovarlarning O‘zbekiston orqali Rossiyaga yetkazilishi qisqargani qayd etildi

15:03
Kiyev Rossiya strategik aviatsiyasining 34 foizi zarar ko‘rganini ma’lum qildi

12:05