Jahon | 16:44 / 22.05.2025
7096
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi

U yerga dunyo bo‘yicha o‘g‘irlangan smartfonlar to‘planishi ta’kidlanmoqda.

Xitoyning Shenchjen shahrida o‘g‘irlangan iPhone telefonlari «qabristoni» topildi – u yerda butun dunyodan keltirilgan gadjetlar to‘planib qolgan, deb yozdi Financial Times.

London, Los-Anjyeles va Nyu-Yorkda o‘g‘irlangan qurilmalar bu joyga ko‘pincha o‘g‘irlikdan keyin bir hafta ichida keltiriladi. Bino rasman Feiyang Times deb ataladi va u yerda smartfonlarni ta’mirlovchi va sotadigan do‘konlar joylashgan.

Biroq, jabrlanuvchilarning Apple forumlaridagi muhokamalariga ko‘ra, binoning to‘rtinchi qavati ishlatilgan iPhone smartfonlarini sotishga ixtisoslashgan, ularning ba’zilari o‘g‘irlangan. Qurilmalar hatto bloklangan holatda ham keltiriladi: ehtiyot qismlarga talab yuqori, xaridorlar esa telefonlarning kelib chiqishiga ahamiyat bermaydi.

Masalan, londonlik Sem Amrani ko‘chada qo‘lidan tortib olingan iPhone 15 Pro smartfoni yo‘lini kuzatib borishga muvaffaq bo‘ldi. Telefon Londondagi bir nechta manzillardan o‘tib Honkongga, u yerdan Shenchjendagi binoga yetib borgan.

Firibgarlar bloklangan iPhone smartfonlarining ba’zi egalari bilan iMessage orqali bog‘lanib, ularni blokni yechishga undagan, aks holda ona platani sotish va shaxsiy ma’lumotlarni oshkor etish bilan tahdid qilgan. Aslida bloklangan qurilmada ma’lumotlar mavjud emas, ammo tajribasiz foydalanuvchilar uchun xabar ishonchli ko‘rinishi mumkin. Apple kompaniyasi hozircha vaziyatga izoh bermadi.

Mavzuga oid