Kreml Putin-Zelenskiy uchrashuvi qachon o‘tkazilishi mumkinligini ma’lum qildi
Buning uchun muzokaralar olib borayotgan delegatsiyalar «ma’lum kelishuvlarga» erishishi kerak.

Foto: Sefa Karacan/Anadolu via Getty Images
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning uchrashuvi o‘tkazilishi mumkin, biroq muzokara olib borayotgan delegatsiyalar «ma’lum kelishuvlarga» erishgandan keyingina», dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
«Biz bunday uchrashuvni ikki tomon delegatsiyalarining ma’lum kelishuvlarga erishish yo‘lidagi faoliyati natijasi deb hisoblaymiz, lekin aynan ish natijasida va ikki tomon kelishuvlari ko‘rinishida ma’lum natijalarga erishilganidan keyin bo‘lishi mumkin», dedi Peskov.
Peskov, shuningdek, Rossiya o‘t ochishni to‘xtatish uchun o‘z shartlari ro‘yxatini tayyorlayotganini va uni Ukrainaga topshirishini tasdiqladi. Avvalroq rossiyalik muzokarachilar rahbari Vladimir Medinskiy Moskva va Kiyev bunday shartlarni navbatdagi uchrashuvgacha batafsil bayon qilishga kelishib olganini aytgandi.
Istanbuldagi Ukraina delegatsiyasi rahbari Rustem Umerov muzokaralardan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida «keyingi qadam yetakchilar darajasida uchrashuv tashkil etish bo‘lishi kerakligini» aytdi. Medinskiyning aytishicha, muzokaralar davomida Ukraina delegatsiyasi bunday uchrashuvni taklif qilgan va rossiyalik muzokarachilar «bu iltimosni inobatga olgan».
Muzokaralardan bir necha kun oldin Zelenskiy Putinni Turkiyada shaxsiy uchrashuv o‘tkazishga qayta-qayta chaqirgan edi. Muzokaralar boshlangan kuni u Anqaraga bordi va yana bir bor Rossiya prezidenti bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi. Putin bu taklifga hech qanday munosabat bildirmadi.
Mavzuga oid

21:30 / 17.05.2025
Tramp urushni to‘xtatish haqida Putin bilan telefon orqali gaplashishini aytdi

18:55 / 17.05.2025
Putin Ukrainaga oid AQSh tinchlik rejasini Uitkoff bilan muhokama qilishni istamadi

16:33 / 17.05.2025
Rossiya qamoqxonasida tunnel qazib qochgan o‘zbekistonliklarga hukm o‘qildi

15:15 / 17.05.2025