O‘zbekiston va Polsha Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni muhokama qildi
Tomonlar afg‘on kelishuvi masalalari bo‘yicha tizimli va konstruktiv muloqotni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanini tasdiqladi.

Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Polsha Tashqi ishlar vazirligining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Vitold Sobkov va Polsha Tashqi ishlar vazirligi Sharq departamenti direktori o‘rinbosari Marek Tsalka bilan uchrashuv o‘tkazdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida Afg‘oniston yo‘nalishidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash kontekstida O‘zbekiston-Polsha hamkorligini yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar afg‘on kelishuvi masalalari bo‘yicha tizimli va konstruktiv muloqotni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladi va muntazam maslahatlashuvlarni davom ettirishga kelishib oldi.
Mavzuga oid

17:47
O‘zbekiston Afg‘onistonga beg‘araz yordam tariqasida 26 tonnadan ziyod urug‘ yetkazib berdi

17:30
Afg‘oniston bozorida o‘zbek ishbilarmonlari ishtiroki kengaymoqda

15:14 / 01.05.2025
Polsha O‘zbekistondan haydovchilarni ishga jalb qilish imkonini o‘rganmoqda

12:35 / 25.04.2025