Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda uch qavatli savdo do‘konida yong‘in chiqdi
Yong‘inni o‘chirishga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va ikkita yordamchi suv tashish texnikasi jalb etilgan.
Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Hazorasp tumanida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 17 aprel kuni soat 16:04 da Xorazm viloyati FVBga Hazorasp tumani «Temirchi maskan» MFYda joylashgan uch qavatli savdo do‘konida yong‘in yuz berayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 16:11 da yong‘in joyiga yetib borgan, soat 16:39 da yong‘in o‘rab olingan va soat 17:10 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida savdo do‘konning 280 metr kvadrat maydonda tomi, shifti, ichki qismi va jihozlari yonib, zararlangan. Tezkor harakatlar natijasida savdo do‘konining 200 metr kvadrat maydoni yong‘indan saqlab qolingan.
«Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar qayd etilmadi», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, yong‘in bartaraf etilgan 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va ikkita yordamchi suv tashish texnikasi jalb etilgan. Voqea joyiga viloyat va tuman FVB rahbar xodimlari yetib borgan.
Avvalroq Toshkentda yong‘in chiqqan uyda ikki yigit pichoqlangani ma’lum bo‘lgan edi.
Mavzuga oid

12:32 / 12.07.2025
Chilonzorda yong‘in oqibatida "Lasetti" va "Spark" avtomobillari zarar ko‘rdi

21:20 / 11.07.2025
Toshkentda savdo korxonasida yong‘in chiqdi

10:41 / 11.07.2025
Seoul Mun'da joylashgan ovqatlanish maskanida yong‘in ro‘y berdi

10:03 / 11.07.2025