Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda savdo korxonasida yong‘in chiqdi
Yong‘in poytaxt FVB tomonidan videokuzatuv kameralari orqali aniqlangan.

Foto: FVB
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Olmazor tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 11 iyul kuni poytaxt FVB tomonidan videokuzatuv kameralari orqali Olmazor tumani Usta shirin ko‘chasidagi «Uz metall» savdo korxonasida yong‘in sodir bo‘layotgani aniqlangan.
Mazkur xabarga asosan, yong‘in qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 19:34 da yetib borgan va yong‘inni o‘chirgan.
Aytilgan manzilda korxona hududida qurilish chiqindilari 30 metr kvadrat maydonda yonib zararlangani aniqlangan.
«Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda», - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

14:32 / 31.07.2025
Sergelidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

13:58 / 31.07.2025
Burchmulla o‘rmon xo‘jaligida yong‘in chiqdi

10:40 / 30.07.2025
Usta Shirin ko‘chasidagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in kelib chiqdi

18:21 / 29.07.2025