Urumchida O‘zbekiston-Xitoy iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi
Forumda bosh vazir Abdulla Aripov, o‘zbekistonlik 250 dan ortiq yirik tadbirkorlar, shuningdek, viloyatlar rahbarlari ham ishtirok etdi.

Foto: Bosh vazir matbuot xizmati
30 aprel kuni Urumchi shahrida O‘zbekiston—Xitoy iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi. Uning ochilishida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Partqo‘mi kotibi Ma Sinjuy boshchiligidagi delegatsiyalar ishtirok etdi.
Abdulla Aripov o‘z nutqida O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida 250 dan ortiq yirik tadbirkorlar, shuningdek, Andijon, Toshkent, Farg‘ona, Sirdaryo, va Surxondaryo viloyatlari rahbarlari hamda vakillari ham Urumchiga tashrif buyurganini ta’kidladi.
Qayd etilishicha, o‘tgan davrda yalpi ichki mahsulot hajmi ikki barobar ko‘payib, ilk bor 100 milliard dollardan oshgan. Kelgusi besh yilda ushbu ko‘rsatkichni 160 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan. So‘nggi yillarda mamlakatda 70 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiya o‘zlashtirilgan. Xalqaro moliya institutlarining 14 milliard dollardan ortiq mablag‘i ijtimoiy va infratuzilma sohalariga jalb qilingan. Kelgusi besh yilda «yashil» energiya manbalarining energetikadagi ulushini 50 foizdan oshirish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston—Xitoy iqtisodiy forumi doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari rahbarlari va vakillari «B2B» shaklda ham muzokaralar olib bordi.
Xitoyga tashrif doirasida Xitoyning China General Nuclear Power, Sichuan Jiuzhou Investment Holding Group, Xinjiang Lihua Group, Xitoy To‘qimachilik mahsulotlari importi va eksporti palatasi, Shanghai Oriental Credits Industrial Development, Longze Investment Group, Watchman Group PTE, Pekin texnologiyalar universiteti, Elektrotexnika savdo palatasi, Xitoy Charm assotsiatsiyasi singari qator yirik kompaniyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi hamda savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Mavzuga oid

21:56 / 22.02.2025
Abdulla Aripov Toshkentda Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosarini qabul qildi

15:20 / 08.01.2025
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston bosh vazirlari uchrashdi

17:46 / 07.01.2025
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston hukumati rahbarlari uch davlat chegarasida uchrashadi

08:11 / 19.12.2024