Tramp Xitoy tovarlariga boj to‘lovlarini pasaytirishini e’lon qildi
Shuningdek, Xitoyga nisbatan «juda mehribon» bo‘lishga va Pekin bilan qattiq o‘ynashmaslikka va’da berdi.

Foto: Demetrius Freeman/The Washington Post
AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Xitoydan import qilinadigan tovarlarga bojlarni pasaytirishini aytdi, ammo boj stavkasi har qanday holatda ham nolga teng bo‘lmaydi, deb yozdi The Washington Post.
«145 foiz juda ko‘p va yangi tarif u qadar yuqori bo‘lmaydi», dedi Tramp va tariflar «sezilarli darajada past» bo‘lishini, lekin nolga teng bo‘lmasligini aytdi. Tramp shuningdek, Xitoyga nisbatan «juda mehribon» bo‘lishga va Pekin bilan qattiq o‘ynashmaslikka va’da berdi.
AQSh fevral oyida Xitoy tovarlariga yangi bojlar joriy qila boshladi va aprel oyining o‘rtalariga kelib tariflar hajmi 145 foizga yetdi. Pekin bunga javoban Qo‘shma Shtatlar tovarlariga boj to‘lovlarini 125 foizga oshirdi va ba’zi foydali qazilmalar eksportiga cheklovlar kiritdi. Keyinchalik Oq uy Xitoyni 245 foizlik tariflar haqida ogohlantirdi.
Bundan tashqari, 2 aprel kuni Tramp 200 dan ortiq mamlakat va hududlarga nisbatan boj tariflari joriy etilishini ma’lum qildi. Keyinchalik u 90 kunlik pauzani e’lon qildi, uning davomida 10 foizlik bazaviy stavka qo‘llaniladi. 22 aprel kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Tramp import tariflarini oshirishning iqtisodiy oqibatlari AQShda ma’lum muddat sezilishini tan oldi.
Mavzuga oid

22:08 / 07.06.2025
Ilon Mask AQSh prezidenti bilan ziddiyat ortidan yangi partiya tuzishni taklif qildi

20:05 / 07.06.2025
AQSh startapi bo‘lajak farzandning ko‘z rangi, bo‘yi va aql darajasini tanlashni taklif qildi

19:30 / 07.06.2025
Mask Trampni obro‘sizlantiruvchi postini o‘chirib tashladi

16:03 / 07.06.2025