Jomboy tumani FVB boshlig‘i pora bilan ushlandi
Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i, bojxona posti inspektori, Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i pora olayotgan paytida DXX tomonidan ushlandi.

Foto: Videodan kadr
Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) bir qator tezkor tadbirlarda pora olish jinoyati ustida ushlanganlar haqida xabar berdi.
Jumladan, Toshkentdagi tumanlardan birining Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i umumiy o‘rta ta’lim maktabida tarix fani o‘qituvchisini maktab direktori lavozimiga tayinlash evaziga o‘z xizmat xonasida 3 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda «Yangiyo‘l» TIF bojxona posti inspektori Qozog‘istondan olib kirilayotgan bug‘doy mahsulotlari ortilgan vagonlarni bojxona ko‘rigi hamda rasmiylashtiruvidan muommosiz o‘tkazib berish evaziga uchinchi shaxs orqali 2700 AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.
Bundan tashqari, Samarqand viloyati, Jomboy tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda, fuqaroga yashash xonadonida xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi ochishi uchun uning turar-joyini yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berish va kelgusida rahnamolik qilish evaziga ta’magirlik yo‘li bilan 200 AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.
Shu bilan birga, Samarqand viloyati, Paxtachi tumani Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i mahalliy korxonaga ekologik xulosa berish, Qarnab qishlog‘idagi «Nakvoysoy» hududidan tosh-shag‘al qazib olishiga ruxsat berish hamda kelgusida rahnamolik qilish uchun 2 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

17:42
Yunusobodda Lacetti yonib ketdi

21:12 / 18.04.2025
Toshkentda noma’lum shaxs soxta qurol bilan bankni o‘marmoqchi bo‘ldi

17:56 / 18.04.2025
Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

09:40 / 17.04.2025