Jahon | 07:34 / 15.04.2025
1099
2 daqiqa o‘qiladi

YeI AQSh tariflariga qarshi javob choralarini qabul qilishni vaqtincha to‘xtatdi

AQSh Yevropa Ittifoqi uchun «o‘zaro tariflar»ni kechiktirgandan so‘ng, Yevropa Ittifoqi AQSh mahsulotlariga bojxona to‘lovlari bo‘yicha javob choralariga pauza e’lon qildi.

Foto: Globallookpress

«Yevropa Ittifoqi AQSh va YeI o‘rtasidagi muzokaralar uchun vaqt va joy berish maqsadida AQShning asossiz savdo tariflariga javoban ko‘rilgan choralarni to‘xtatdi», — deyiladi Yevropa komissiyasining 14 aprel, dushanba kungi matbuot-relizida.

Ta’kidlanishicha, o‘tgan hafta Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen tomonidan e’lon qilingan YeIning javob choralarini qabul qilishdagi pauza 15 apreldan kuchga kiradi.

«Yevropa Ittifoqining AQShning Yevropa Ittifoqi po‘lat va alyuminiy importiga bojlari bilan bog‘liq rejalashtirilgan javob choralarini 90 kungacha to‘xtatuvchi ushbu qaror AQShning o‘zaro tariflarni 90 kunga kechiktirishiga javoban qabul qilindi», deyiladi hujjatda. Ta’kidlanishicha, umumiy hisobda to‘xtatilgan YeI qarshi choralari AQShning 21 milliard yevrolik eksportiga tegishli.

Shu bilan birga, AQShning Yevropa Ittifoqidan import qilinadigan mahsulotlarga bojlarni oshirishi munosabati bilan qabul qilinishi mumkin bo‘lgan Yevropa Ittifoqining javob choralarini tayyorlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda. «Yevropa Ittifoqi AQSh tariflarini asossiz va zararli deb hisoblaydi, bu har ikki tomon uchun ham, jahon iqtisodiyotiga ham iqtisodiy zarar yetkazish xavfi bor», — deyiladi press-relizda.

Qayd etilishicha, 14 aprel kuni Yevrokomissiya ikkita hujjat qabul qilgan: AQSh bojlarini oshirganligi munosabati bilan YeI tomonidan javob choralarini joriy etish va bu choralarning kuchga kirishini 2025 yil 14 iyulgacha kechiktirish.

Mavzuga oid