Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NYT: AQSh 30 ga yaqin diplomatik missiyalarini yopishni rejalashtirmoqda
Davlat departamenti ichki hujjatlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Afrika qit’asida joylashgan oltita va Yevropadagi ikkita elchixonasini yopish niyatida.

Foto: REUTERS
AQSh ma’muriyati 10 ta elchixona va 17 ta konsullikni yopish rejasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Davlat departamenti ichki hujjatlariga tayanib The New York Times xabar berdi.
Hujjatga ko‘ra, Amerika hukumati, shuningdek, chet eldagi qator vakolatlarxonalari shtatini qisqartirish yoki optimallashtirishni rejalashtirmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu choralar AQShning deyarli barcha qit’alardagi diplomatik ishtiroki qisqarishiga olib keladi. Xususan, quydagi diplomatik missiyalarni yopish taklif etilmoqda:
- Afrikada oltita elchixona (JAR, Eritreya, Gambiya, Lesoto, Kongo Demokratik Respublikasi va Janubiy Sudan);
- Yevropada ikkita elchixona (Lyuksemburg va Malta);
- Grenada va Maldivdagi diplomatik missiyalar.
Shuningdek, Fransiyada — 5 ta, Germaniyada — 2 ta, Serb Respublikasida (Bosniya va Hersegovinada) — 2 ta, Gretsiya, Italiya, Portugaliya va Edinburgdagi (Shotlandiya) bir nechta diplomatik vakolatxonalarni ham yopish taklif qilinmoqda.
Yevropadan tashqarida to‘rtta — Kameron, Indoneziya, Janubiy Afrika va Janubiy Koreyadagi konsulliklar qisqartirilishi mumkin. Bundan tashqari, AQShning Mogadishodagi elchixonasi (Somali) va Bag‘doddagi diplomatik ko‘mak markazini sezilarli darajada qisqartirish yoki butunlay yopish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid

19:50
AQSh bosh prokurori Trampga qarshi ishlarga aloqador 20 dan ortiq xodimni ishdan bo‘shatdi

18:13 / 12.07.2025
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi

09:34 / 12.07.2025
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi

08:17 / 12.07.2025