Rossiyalik xokkeychi afsonaviy Ueyn Gretski rekordiga yetib oldi
Aleksandr Ovechkin NHL doirasidagi gollar soni bo‘yicha 1999 yildan beri saqlanib turgan rekordni takrorladi.

Foto: Washington Capitals
Rossiya milliy jamoasi va Amerikaning «Vashington Kepitalz» klubi hujumchisi Aleksandr Ovechkin kanadalik afsonaviy xokkeychi Ueyn Gretski rekordiga yetib oldi.
39 yoshli rossiyalik 5 aprel kuni Milliy xokkey ligasi (NHL) doirasidagi o‘yinda «Chikago Blekxouks» (5:3) darvozasiga ikkita shayba kiritdi.
Bu Ovechkinning 1486 ta o‘yindagi 894-goli bo‘ldi. Natijada u kanadalik Ueyn Gretskining NHL doirasidagi gollar soni bo‘yicha 1999 yilda o‘rnatgan rekordiga (1487 ta o‘yinda 894 gol) yetib oldi. Navbatdagi gol Aleksandrni ushbu rekordning mutlaq sohibiga aylantiradi.
Aleksandr Ovechkin xokkeychilik faoliyatini 2001 yilda Moskvaning «Dinamo» klubida boshlagan. 2005 yildan buyon «Vashington Kepitalz» klubida o‘ynamoqda.
Ueyn Gretski xokkeychilik faoliyatini 1978 yilda «Indianapolis Reyserz» klubida boshlagan. Keyinchalik «Edmonton Oylerz», «Los-Anjyeles Kingz», «Sent-Luis Blyuz» va «Nyu-York Reyndjers» klublarida o‘ynab, 1999 yilda faoliyatini yakunlagan. NHL doirasida ko‘plab shaxsiy rekordlar sohibi hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Faqat birja orqali sotiladigan tovarlar ro‘yxati kengaytirildi
O‘zbekiston | 07:52
-
YeI AQSh tariflariga qarshi javob choralarini qabul qilishni vaqtincha to‘xtatdi
Jahon | 07:34
-
Gaz korxonasiga qarashli gaz ballonlarini noqonuniy sotayotgan fuqaro aniqlandi
Jamiyat | 07:29
-
Uzbekistan Airways Toshkent-Jidda reyslarida Umra vizasiga ega yo‘lovchilarni qabul qilishni to‘xtatdi
O‘zbekiston | 01:01
Mavzuga oid

17:01 / 07.04.2025
Rossiyalik xokkeychi afsonaviy Ueyn Gretskining rekordini yangiladi

21:18 / 06.03.2025
O‘zbekiston yosh xokkeychilari jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi

21:36 / 11.10.2024
Toshkentda birinchi marta KXL o‘yini o‘tkaziladi

20:10 / 02.10.2024