Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston xokkey milliy jamoasi jahon chempionati III divizioniga chiqdi
Xokkeychilarning jahon chempionatidagi debyuti muvaffaqiyatli yakunlandi.

Foto: O‘zbekiston Xokkey federatsiyasi
Armanistonning Yerevan shahrida xokkey bo‘yicha jahon chempionati IV divizion o‘yinlari yakunlandi.
O‘zbekiston milliy jamoasi musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib, birinchi o‘rinni egalladi.
Xokkeychilar Kuvaytni 13:3, Eronni 20:0, Indoneziyani 26:1 va Malayziyani 18:3 hisobida mag‘lub etib, Armanistonga bullitlar hisobida 2:3 hisobida yutqazdi. Biroq, to‘plangan ochkolar musobaqada 1-o‘rinni qo‘lga kiritish uchun yetarli bo‘ldi.
Endi O‘zbekiston xokkey milliy jamoasi 2026 yili jahon chempionatining III B divizionida ishtirok etadi.
O‘zbekiston tarixidagi ilk milliy jamoa tarkibi o‘zbek xokkeyining yosh tarbiyalanuvchilari va Toshkentning «Humo» klubida o‘ynash tajribasiga ega bo‘lgan bir qator rossiyaliklardan tuzildi.
Terma jamoa tayanchi «Humo» klubi xokkeychilaridan iborat. Mahalliy xokkeychilardan Javohir Rasulov jamoa sardori bo‘ldi. Qolgan xokkeychilar rossiyaliklardir: Artyom Malsev, Daniel Kogan, Ilya Nazarevich, Vasiliy Jilov, Yegor Dorofeyev, shuningdek, Pavel Sinyavskiy. Terma jamoa bosh murabbiyi latviyalik mutaxassis Normunds Seyyes bo‘ldi.
Mavzuga oid

13:05 / 17.07.2025
Armaniston ShHTga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirdi

08:49 / 16.07.2025
Yevroittifoq yetakchilari Pashinyanni qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi

20:57 / 14.07.2025
AQSh Zangezur yo‘lagini 100 yilga ijaraga olmoqchi

21:05 / 11.07.2025