Malayziya O‘zbekiston kimyo sanoatida uchta loyihaga investitsiya kiritishi mumkin
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning Sparco Engineering kompaniyasi loyihalar bo‘yicha direktori Raja Arif bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: dunyo.info
Muloqot chog‘ida Malayziya kompaniyasi ishtirokida O‘zbekistonda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari xususida fikr almashildi.
Raja Arif kompaniya O‘zbekistonda kimyo sanoatida uchta – formaldegid, titan dioksidi va malein kislotasi ishlab chiqarish kabi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi.
Uchrashuv yakunida mazkur loyihalarni amalga oshirish yuzasidan amaliy sa’y-harakatlarni boshlash uchun kompaniya rahbariyati va texnik mutaxassislaridan iborat ishchi guruhning O‘zbekistonga safarini uyushtirish to‘g‘risida kelishib olindi.
Sparco Engineering kompaniyasi 2015 yil 10 oktyabrda mamlakatning Selangor shtatida tashkil etilgan. U neft-kimyo sanoatida EPCC yechimlari bo‘yicha Malayziyada yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid

15:06 / 07.06.2025
Malayziya O‘zbekistonda avtoyo‘llar holati bo‘yicha ma’lumot bazasini yaratadi

14:40 / 02.06.2025
O‘zbekiston va Malayziya sun’iy intellekt bo‘yicha qo‘shma dasturlar tashkil etadi

10:51 / 02.06.2025
O‘zbekiston va Malayziya maktab o‘qituvchilari malakasini oshiradi

14:50 / 13.05.2025