O‘zbekiston va Qozog‘iston xavfsizlik maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy va harbiy-texnik sohalardagi hamkorlik, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm va transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash masalalarini muhokama qildi.

Foto: gurk.kz
28 mart kuni Toshkentda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati va Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi apparati o‘rtasida maslahatlashuvlarning yettinchi raundi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov va Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi kotibi Gizat Nurdauletov raisligida o‘tgan muzokaralarda ikki davlat ichki ishlar, mudofaa, favqulodda vaziyatlar vazirliklari, xavfsizlik xizmatlari, shuningdek, diniy ishlar bo‘yicha qo‘mitalar rahbarlari va vakillari ishtirok etdi.
Maslahatlashuvlar chog‘ida xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmning oldini olish va ularga qarshi kurashish, huquq-tartibotni ta’minlash, transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish sohalarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Harbiy va harbiy-texnik sohalardagi hamkorlikni chuqurlashtirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni tezkor bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar xavfsizlik sohasida hamkorlikni kengaytirish, jumladan, huquqiy bazani takomillashtirish va idoralararo hamkorlikning ikki tomonlama ish mexanizmlarini ishlab chiqish niyatlarini tasdiqladi.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha imzolangan bayonnomada xavfsizlik sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirish chora-tadbirlari belgilandi.
Mavzuga oid

19:45 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov

16:29 / 15.04.2025
Lavrov davlatlarning hududiy yaxlitligi huquqini sharsiz qo‘llamasligini aytdi

17:19 / 11.04.2025
Qo‘shnilarimiz qiynalsa, bir chetda qarab turmaymiz - To‘qayev

16:51 / 11.04.2025