Toshkentda Lexus yo‘l chetida turgan mashina va fuqaroni urib yubordi
Toshkent tumanida 2005 yilda tug‘ilgan haydovchi Toyota Lexus'ni boshqarib ketayotgan vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi harakatsiz turgan Nexia va ushbu avtomobil yonida turgan fuqaroni urib yuborgan.

Foto: Toshkent viloyati IIBB
Joriy yilning 4 mart kuni soat taxminan 12:40 larda Toshkent viloyati Toshkent tumani hududidan o‘tgan M39 “Olmaota — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yo‘lining 812-kmda yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Haydovchi, 2005 yilda tug‘ilgan A.S Toyota Lexus rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi harakatsiz turgan Nexia rusumli transport vositasini va ushbu avtomobil yonida turgan piyoda, 1960 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.Sh.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida piyoda turli xildagi tan jarohatlari olib, tuman markaziy shifoxonasiga yotkizilgan.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismiga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

19:35 / 08.06.2025
O‘zbekiston va Qatar o‘yini sabab «Bunyodkor» stadioni atrofidagi ko‘chalarda harakat cheklanadi

12:30 / 08.06.2025
Toshkentdagi mahalla ichida 5 qavatli mehmonxona qurilishi mumkin. Aholi bunga qarshi chiqmoqda

00:21 / 08.06.2025
Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi

20:17 / 07.06.2025