Uitkoff Putin bilan uchrashish uchun 8 soat kutgani aytildi
Maxsus vakil Putin va Lukashenko muzokaralari yakunlashini uzoq vaqt kutgani ta’kidlanmoqda.

Foto: Jabin Botsford/The Washington Post via AP/picture alliance
AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff Rossiya prezidenti Vladimir Putinning belaruslik hamkasbi Aleksandr Lukashenko bilan muzokaralari yakunlashini 8 soat kutdi, deb xabar berdi Sky News. Shundan keyingina maxsus elchi Putin bilan uchrashdi.
«Oxir-oqibat, Putin Uitkoffga juda muhim shaxsiy vaqtini ajratdi, bunda allaqachon qorong‘i tushgan edi. Uchrashuv yopiq eshiklar ortida o‘tdi», deyiladi xabarda. Sky News uchrashuvni kuttirish zaruratini Rossiya tomonining «klassik kuch o‘yini» deb atadi.
Stiv Uitkoff Moskvaga 13 mart kuni ertalab Ukraina va AQSh Jiddadagi muzokaralardan ikki kun o‘tib yetib bordi. Unda Kiyev 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘ldi. Ushbu taklif Rossiya tomoni bilan ham muhokama qilinishi rejalashtirilgan edi. Vladimir Putin va Stiv Uitkoff o‘rtasidagi muzokaralar yopiq eshiklar ortida o‘tdi. 14 mart kuni ertalab Uitkoff Moskvani tark etdi.
Uitkoff bilan Putin uchrashuvining natijalari oshkor etilmadi.
Donald Trampning maxsus vakili bilan uchrashishdan oldin Putin Ukrainadagi harbiy harakatlarni to‘xtatishga roziligini, biroq bu uzoq muddatli tinchlikka olib kelishi sharti bilan ekanini aytdi.
Mavzuga oid

22:16 / 19.04.2025
Toshkent va Moskva migratsiya jarayonlarini tartibga solish masalalarini muhokama qildi

21:06 / 19.04.2025
Rublning mustahkamlanishi Kremlning zarariga ishlashi mumkin. Qanday qilib?

19:21 / 19.04.2025
Vladimir Putin Pasxa munosabati bilan qisqa otashkesim e’lon qildi

15:22 / 19.04.2025