376 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi
Navoiy viloyatida 376 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi.

Foto: Hududgazta’minot
“Hududgazta’minot” qayd etishicha, barcha hududlarida tabiiy gaz ta’minotidagi noqonuniy holatlarni aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda.
Shunday tadbirlardan biri “Hududgaz Navoiy” gaz ta’minoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz ta’minoti bo‘limi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida o‘tkazildi.
Tumanning “O‘zbekiston” MFYda joylashgan davlat maktabgacha ta’lim muassasasi xatlovdan o‘tkazilganda, tashkilot tegishli tartibda gazlashtirish loyiha-texnik hujjatlarini rasmiylashtirmasdan tabiiy gazdan foydalanib kelayotgani aniqlandi. Shuningdek, binoga o‘rnatilgan gaz hisoblash uskunasida bir martalik tamg‘a mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz sarfi qayta hisob-kitob qilindi va 376 million so‘mlik zarar hisoblandi. Noqonuniy holat bo‘yicha barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi.
Mavzuga oid

12:53 / 17.04.2025
Xitoy Rossiyaning yana bir loyihasini rad etdi

11:18 / 17.04.2025
5,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metall eritish sexi aniqlandi

11:00 / 15.04.2025
Reuters: YeI kompaniyalari Rossiya gazi importini oshirmoqchi

07:29 / 15.04.2025