BRICS yangi a’zo davlatlarni qabul qilishni to‘xtatdi
Muammo a’zo davlatlarning ko‘payishi ortidan yuzaga kelgan «institutsional ziddiyatlar» ekani ta’kidlanmoqda.

Foto: kremlin.ru
2025 yilda BRICS tashkilotiga raislik qilayotgan Braziliya Tashqi ishlar vazirligi guruhning kengayishi vaqtinchalik to‘xtatilganini e’lon qildi.
«Izvestiya» nashriga taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, endi Braziliya yaqinda BRICS ishtirokchilari sonining ko‘payishi ortidan yuzaga kelgan «institutsional muammolarni hal qilishga» e’tibor qaratadi.
So‘nggi ikki yil ichida uyushma a’zolari beshdan o‘ntaga ko‘paydi. Dastlabki beshlikka (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika) 2024 yilda Misr, Eron, BAA va Efiopiya, 2025 yildan esa Indoneziya qo‘shildi.
BRICS tashkilotining braziliyalik vakili Daniel Leytao so‘zlariga ko‘ra, jadal kengayish bir qator tashkiliy muammolarni keltirib chiqardi. Uning tushuntirishicha, «muammolar faoliyat turlarining ko‘payishi, mavjud mexanizmlar o‘rtasidagi ishlarning qisman takrorlanishi hamda hujjatlar bilan tashabbuslarning jamlangan reyestri yo‘qligi tufayli yuzaga kelmoqda».
To‘liq kengayish o‘rniga BRICS «hamkor davlatlar» toifasini yaratdi. 2025 yil yanvar oyidan Belarus, Boliviya, Qozog‘iston, Kuba, Malayziya, Nigeriya, Tailand, Uganda va O‘zbekiston ushbu formatda assotsiatsiya bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Turkiya, Vetnam va Jazoirga ham taklifnoma yuborilgan.
Shu bilan birga, yaqinda AQSh prezidenti Donald Tramp BRICS davlatlarining dollardan uzoqlashish istagi borasida keskin bayonot berdi. Oq uy rahbari bu kabi urinishlarni e’tiborsiz qoldirmasligini ta’kidladi.
Jumladan, BRICS yangi valutasini yaratmoqchi bo‘layotgan yoki xalqaro savdoda AQSh dollariga har qanday muqobilni qo‘llab-quvvatlovchi mamlakatlarga 100% tariflar joriy etish bilan tahdid qildi. Uning ta’kidlashicha, bunday davlatlar Amerika bozoriga kirishni unutishga majbur bo‘ladi.
Mavzuga oid

18:03 / 18.04.2025
«Bu bizning urush emas» - Agar muzokaralarda siljish bo‘lmasa, AQSh Ukrainada tinchlik o‘rnatish urinishlarini to‘xtatadi

17:34 / 18.04.2025
Ukraina va AQSh foydali qazilmalar bo‘yicha shartnoma tuzish niyatida memorandum imzoladi

13:53 / 18.04.2025
Reuters: Rossiya harbiy ta’minot uchun AQSh firmasidan foydalanmoqchi

13:46 / 18.04.2025