Samarqand viloyatida yana ikki tuman hokimlari o‘zgardi
Maxsud Buranov Nurobod tumaniga, Qayum Xushbaqov esa Paxtachi tumaniga hokim etib tayinlandi.
Samarqand viloyatining yana ikki tumani — Nurobod va Paxtachi tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmatiga ko‘ra, Maxsud Erkinovich Buranov Nurobod tumani hokimi bo‘ldi.

U bunga qadar «Agrobank»ning viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Buranov yangi lavozimda 2022 yil oktyabridan buyon ishlab kelayotgan Sirojiddin Berdiqulov o‘rnini egalladi.
Qayum Norbekovich Xushbaqov esa Paxtachi tumani hokimi etib tayinlandi.

U bunga qadar viloyat hokimligi axborot-tahlil guruh rahbari vazifasida ishlagan.
Xushbaqov yangi lavozimda 2019 yil mayidan buyon ishlab kelgan Muzaffar Hamdamov o‘rnini egalladi.
Bundan avvalroq Samarqand viloyatining Jomboy tumanida ham hokim o‘zgargani, bu lavozimni Xurshid Nazarov egallagani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

12:31
Nurobodda mashinasini stadionda odamlar ustiga haydagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

09:50
Samarqandda erkak mashinasini stadionda odamlar ustiga haydadi

17:07 / 07.04.2025
Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi bo‘ldi

20:07 / 18.03.2025