Zelenskiy Kiyevda AQSh prezidentining maxsus vakili Kit Kellog bilan uchrashdi
Uchrashuv yakuni bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazilishi kerak edi, ammo Amerika tomonining iltimosiga ko‘ra, u bekor qilindi. Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga suhbat «yaxshi» o‘tganini yozib qoldirdi.

Foto: Getty images
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyevda AQSh prezidentining maxsus vakili Kit Kellog bilan uchrashdi, deb xabar beradi «Ukrainskaya Pravda».
Avvaliga Zelenskiy va Kellog uchrashuvidan keyin matbuot anjumani o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi, ammo u tashkil etilmadi.
«Amerika tomonining iltimosiga ko‘ra, uchrashuv formati protokol uchun suratga olishni o‘z ichiga oladi, bayonotlar yoki savollar ko‘zda tutilmagan», — deydi Zelenskiyning matbuot kotibi Sergey Nikiforov.
Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga suhbat «yaxshi» o‘tganini yozib, AQShga ukrain xalqini qo‘llab-quvvatlagani, shuningdek, Kellogning o‘ziga «muhim natijalarga erishishda hamkorlikdagi ishlar» uchun minnatdorchilik bildirdi.
«Jang maydonidagi vaziyatni va barcha asirlarimizni qanday qilib qaytarishni, shuningdek, amaliy natija beradigan xavfsizlik kafolatlarini muhokama qildik», — deydi Ukraina prezidenti.
Kellog Kiyevga 19 fevralda, Ar-Riyodda o‘tkazilgan AQSh va Rossiya muzokaralarining ertasi kuni uchib kelgandi. U Ukrainaga «tinglash» uchun kelganini va AQSh «kerak bo‘lgan narsani berishga tayyorligini» ma’lum qilgan.
Zelenskiyga qadar Kellog Kiyevda Ukraina TIV rahbari Andrey Sibiga bilan uchrashuv o‘tkazgan. Vazirning aytishicha, suhbat «keng qamrovli, adolatli va mustahkam tinchlikka erishish yo‘llari» haqida bo‘lgan.
Mavzuga oid

14:50 / 04.06.2025
Kellog: AQShning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalari tayyor bo‘ldi

12:25 / 31.05.2025
AQSh maxsus elchisi NATOning sharqqa kengayishi to‘xtashini istisno etmadi

08:50 / 30.05.2025
Kellog: Rossiyaning NATO kengayishi haqidagi xavotirlari «adolatli»

08:50 / 24.05.2025