Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailandda 85 yoshli ayol o‘z dafn marosimida hushiga keldi
Ayol vafot etdi deb e’lon qilinganidan 40 daqiqa o‘tgach, “tirilib ketgan”.

Foto: Picture courtesy of KhaoSod
Tailandning Buriram provinsiyasida 85 yoshli Fua Shriphadung o‘zining dafn marosimida “tirilib ketdi”, deb xabar bermoqda The Thaiger. Ayol vafot etdi deb e’lon qilinganidan 40 daqiqa o‘tgach, hushiga kelgan. Qarindoshlari uning “narigi dunyodan qaytishi”ni yaxshi karma bilan bog‘lashmoqda.
Fua Shriphadungning tanasini diniy marosimlar o‘tkaziladigan ibodatxonaga olib ketishga tayyorgarlik ko‘rilayotgan paytda ayol o‘ziga kelgan.
Voqea 5 fevral kuni kechqurun yuz bergan. Qarindoshlari Shriphadungni behush holda topib, uni vafot etgan deb o‘ylagan. Ular jasadni olib ketish uchun qutqaruv xizmatiga murojaat qilgan. Ammo taxminan 40 daqiqadan so‘ng ayol kutilmaganda o‘rnidan turib, qarindoshlari va qo‘shnilarini shokda qoldirgan.
Ushbu voqeadan keyin, Fua Shriphadungning xulq-atvori o‘zgarib qoldi. U o‘zini go‘dakdek tutadi: uni qo‘lda ko‘tarib yurishlarini va shirinliklar bilan siylashlarini xohlaydi.
Ayolning jussasi hayratlanarli darajada kichkina: bo‘yi 112 santimetr, vazni esa atigi 15 kilogramm. Ruhoniylar ayolning xatti-harakatlari umuman olganda ongli ekani, biroq uning ba’zi harakatlari bolalarnikiga o‘xshab ketishini qayd etgan.
Avvalroq Hindistondagi kasalxonada vafot etgan erkak krematsiyadan oldin o‘ziga kelgandi.
Mavzuga oid

21:18 / 25.07.2025
Dunyoda yana bir urush – Tailand va Kambodja o‘rtasida

11:29 / 25.07.2025
Tailanddagi O‘zbekiston fuqarolaridan Kambodja bilan chegaradosh hududlarga bormaslik so‘raldi

12:05 / 24.07.2025
Tailand va Kambodja chegarasida qurolli to‘qnashuv bo‘lmoqda

19:34 / 06.07.2025