Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailandda pushti temiratki kasalligi tarqaldi
Ushbu kasallik ko‘pincha bolalar va yoshlarda kuzatiladi - bu tanada katta dog‘ning paydo bo‘lishi bilan boshlanadi.

Foto: Nicolas Axelrod / Bloomberg
Tailand hukumati pushti temiratki epidemiyasi yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. Gap ayniqsa, yomg‘irlar mavsumida faol tarqaladigan teri kasalligi haqida ketmoqda.
Mamlakat Sog‘liqni saqlash departamenti rasmiy tavsiya e’lon qilib, turistlarni o‘z terisi holatini yaxshilab kuzatishga chaqirdi.
Qayd etilishicha, ushbu kasallik ko‘pincha bolalar va yoshlarda kuzatiladi — bu tanada «ona» deb ataladigan katta dog‘ning paydo bo‘lishi bilan boshlanadi, undan keyin kichikroq oval yoki yumaloq toshmalari paydo bo‘ladi. Ular pushti, losossimon yoki och jigarrang rangga ega bo‘lishi mumkin.
Tibbiyot xodimlarining ta’kidlashicha, pushti temiratki homilador ayollar uchun xavfli hisoblanadi, chunki u bola tushishiga olib kelishi mumkin. Teridagi dog‘lardan tashqari ayrim bemorlarda bosh og‘rig‘i, isitma, mushak va bo‘g‘inlarda og‘riq kuzatiladi.
«Agar sog‘lig‘ingiz yomonlashsa, tana harorati ko‘tarilsa, yo‘tal, burun oqishi, tomoq og‘rig‘i, toshma, bosh og‘rig‘i yoki ich ketishi kabi belgilar paydo bo‘lsa — ayniqsa, kurort mamlakatlardan qaytgach, darhol tibbiy yordamga murojaat qilish zarur», - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

21:18 / 25.07.2025
Dunyoda yana bir urush – Tailand va Kambodja o‘rtasida

11:29 / 25.07.2025
Tailanddagi O‘zbekiston fuqarolaridan Kambodja bilan chegaradosh hududlarga bormaslik so‘raldi

12:05 / 24.07.2025
Tailand va Kambodja chegarasida qurolli to‘qnashuv bo‘lmoqda

18:14 / 01.07.2025