Namangan va Samarqandda 2,1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi
Namangan va Samarqand viloyatlarida 2,1 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi aniqlandi.

Foto: Energetika vazirligi
Energetika vazirligi ma’lum qilishicha, Namangan shahrida fuqaro Z.R. o‘zining yashash xonadonida novvoyxona tashkil etib, tabiiy gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulangan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, u faoliyati davomida davlat manfaatlariga 362,5 mln so‘mlik zarar yetkazgan.
Shuningdek, Samarqand viloyatining Tayloq tumanidagi “S.Sh“ oilaviy korxonasiga qarashli novvoyxonada ham tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanilgan. Oqibatda 1,3 mlrd so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingan.
Bundan tashqari, Past Darg‘om tumanida yashovchi fuqaro A.M. ham o‘z xonadonida noqonuniy issiqxona tashkil qilib, tabiiy gaz tarmog‘iga yashirincha ulangan. Natijada davlat manfaatlariga 462,7 mln so‘mlik zarar yetkazgan.
Hozirgi vaqtda mazkur holatlar bo‘yicha tegishli idoralar tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

23:20 / 22.04.2025
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandga keldi

19:46 / 22.04.2025
Gurbanguli Berdimuhamedov 23 aprel kuni Samarqandga keladi

10:53 / 22.04.2025
Jomboy tumani FVB boshlig‘i pora bilan ushlandi

17:56 / 18.04.2025