Mirzo Ulug‘bek tumanida Nexia-3 va Captiva to‘qnashdi
Nexia-3 rusumli avtomashina haydovchisi shifoxonaga olib ketilgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB
Joriy yilning 27 dekabr kuni soat 01:10 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Oltintepa ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 2004 yilda tug‘ilgan haydovchi D.A. boshqaruvidagi Nexia-3 hamda 1979 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Captiva rusumli avtomashinalari to‘qnashuvi natijasida YTH yuz berdi.
YTH natijasida Nexia-3 rusumli avtomashina haydovchisi shifoxonaga olib ketilgan.
Hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

11:04
Toshkent shahrida ikki tuman yo‘llarini ta’mirlashga 8 mlrd so‘m ajratildi

17:54 / 05.04.2025
Yana Namangan: mashinani ijaraga olgan o‘quvchilar ayanchli YTHga uchradi

17:46 / 04.04.2025
Farg‘onadagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

14:22 / 02.04.2025