Toshkentda Spark bilan to‘qnashgan Matiz ag‘darilib ketdi
Hodisa oqibatida Matiz ag‘darilib ketgan va uning ikki nafar yo‘lovchisi shifoxonaga olib ketilgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXBB
Toshkent shahrida Spark va Matiz mashinalari o‘zaro to‘qnashdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa bugun 204 yil 3 noyabr kuni soat 02:00 larda Sergeli tumanida sodir bo‘lgan. Mehrigiyo-Mirzo Tursunzoda ko‘chalari chorrahasida 23 yoshli D.U. boshqaruvidagi Spark va 27 yoshli L.A. boshqaruvidagi Matiz to‘qnashgan.
Oqibatda Matiz ag‘darilib ketgan va uning 2 nafar yo‘lovchisi birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB ma’sul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

14:10 / 04.07.2025
Usta Shirin ko‘chasida Cobalt va Tracker-2 to‘qnashdi

13:23 / 03.07.2025
«Liverpul» hujumchisi Jota YTH oqibatida halok bo‘ldi

10:41 / 03.07.2025
Chilonzorda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan Lacetti Damas bilan to‘qnashdi

23:32 / 30.06.2025