Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Ilhom Haydarov prezident qarori bilan yangi lavozimda ish boshlaydi.

Ilhom Haydarov
O‘zbekiston prezidentining qaroriga muvofiq, Haydarov Ilhom O‘tkurovich O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Haydarov «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi favqulodda va muxtor elchisi (2006-2009 yillarda) lavozimlarida ishlagan.
Nurimbetov Rahmatilla Ibragimovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. U 2023 yil 29 dekabridan buyon ushbu lavozimda edi.
Mavzuga oid

23:31 / 15.04.2025
Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini doimo himoya qilib kelgan - TIV vakili

20:45 / 15.04.2025
Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

19:04 / 15.04.2025
Tashqi ishlar vaziriga xorijdagi o‘zbekistonliklarning himoyasi borasida parlament so‘rovi yuborildi

17:07 / 07.04.2025