Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paxtaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
Andijon viloyatining Paxtaobod tumaniga Davronbek Sattorov hokim etib tayinlandi. U bungacha viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlagan.

Foto: Andijon viloyati hokimligi
Davronbek Sattorov Hasanboyevich Andijon viloyatidagi Paxtaobod tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Davronbek Sattorov 1984 yilda Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida tug‘ilgan.
U 2005 yil Andijon davlat tillar pedagogika institutini (kunduzgi), 2020 yil O‘zbekiston Respublikasi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar, Andijon viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida faoliyat olib borgan.
Mavzuga oid

12:03 / 18.07.2025
Anvar O‘rmonov Toshkent shahri prokurori v.b bo‘lgan

19:22 / 14.07.2025
Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

19:15 / 14.07.2025
Aziz Mag‘rupov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

18:40 / 14.07.2025