Andijon viloyatida kun davomida uchinchi tumanda hokim o‘zgardi
Marhamat tumani sobiq hokimi Andijon tumaniga hokim bo‘ldi.

Foto: Andijon viloyati hokimligi
Andijon viloyatining Andijon tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.
To‘rt yildan buyon Marhamat tumani rahbari bo‘lgan Bobur Yo‘ldoshev Andijon tumani hokim lavozimida ish boshladi.
Boburbek Yo‘ldoshev 1986 yili Andijon shahrida tug‘ilgan. 2008 yili Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida statistika, iqtisodiyot, axborot-tahlil va bir qancha sohalarda mutaxassis, boshliq o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i hamda O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi Mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan ishlash shu’basi bosh inspektori lavozimlarida ishlagan.
Bobur Yo‘ldoshev Marhamat tumaniga 2020 yil mayidan buyon hokimlik qilib kelayotgandi. U 2022 yil fevralida tumandagi o‘qituvchilarni ota-onalar majlisida uzr so‘rashga majbur qilgani bilan mashhur bo‘lgandi.
U endi 2022 yil dekabridan buyon Andijon tumaniga hokimlik qilib kelgan Baxtiyor Mamatkarimov o‘rnini egalladi.
- Bundan oldin Buloqboshi va Marhamat tumanlariga yangi rahbarlar tayinlangandi. Xususan, Buloqboshi tumaniga 7 yil hokimlik qilgan O‘tkirbek Ma’murov Marhamat tumani hokimi lavozimiga o‘tkazildi. Buloqboshi tumaniga Furqatbek Bo‘taxonov yangi hokim bo‘ldi. U ushbu tuman hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Mavzuga oid

15:45
8 tonna suyultirilgan gazni sotuvga noqonuniy chiqarish holati aniqlandi

10:23
Andijonda o‘z xonasida giyohvand modda iste’mol qilgan amaldor ishdan olindi

15:42 / 09.04.2025
Andijon shahar bandlik bo‘limi boshlig‘i o‘z xonasida psixotrop modda iste’mol qilgani ma’lum bo‘ldi

18:19 / 07.04.2025