«Oqdaryotumangaz» bo‘lim boshlig‘i pora olayotganda ushlandi

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan poraxo‘rlikka qarshi kurashish yo‘nalishidagi tadbirlar davom ettirilmoqda, deb xabar bermoqda O‘zA.
Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda «Oqdaryotumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i, 1973 y.t. N.M. (ism familiya shartli) mahalliy fuqaroning yashash xonadoniga elektron gaz hisoblagich o‘rnatish va uni tarmoqqa ulab berish xizmati evaziga undan 4 mln so‘m pul talab qilib, dastlab 2 mln so‘mini pora sifatida olgan hamda yana 1 mln so‘m olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan N.M. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

18:19 / 20.06.2025
Farg‘onada tuman MIB boshlig‘i pora bilan ushlandi

08:26 / 19.06.2025
DXX ta’lim sohasida poraxo‘rlik holatini aniqladi

08:27 / 16.06.2025
Soliq idorasi mansabdorining noqonuniy harakati fosh qilindi

15:27 / 09.06.2025