Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq idorasi mansabdorining noqonuniy harakati fosh qilindi
Qamashi tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari 3000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Foto: DXX
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs 360 mln so‘mlik soliq qarzdorligini to‘lamagani sababli Iqtisodiy sud tomonidan bankrot deb topilgan g‘isht ishlab chiqaruvchi MChJning soliq qarzdorligini to‘liq to‘lamasdan, zavodga nisbatan qo‘yilgan taqiqni o‘zining mansabdor tanishlari orqali bekor qildirib, uning faoliyatini tiklab berish evaziga MChJ rahbaridan 4000 AQSh dollari talab qiladi.
DXXning Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda IJQKD hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur fuqaro oldindan 3000 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu noqonuniy ishga aloqador bo‘lgan Qamashi tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari ham 3000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda holat yuzasidan ikki qonunbuzarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

14:40 / 21.07.2025
Rossiya mudofaa vaziri sobiq o‘rinbosari ishida - pora bo‘yicha yana 2 ta epizod

12:29 / 18.07.2025
Plastik karta orqali pora olgan bojxona inspektori ushlandi

13:03 / 16.07.2025
Tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirishni va’da qilgan tibbiyot xodimi ushlandi

07:28 / 16.07.2025