Toshkentda firibgarlikda gumonlangan shaxslar ushlandi
Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.

Foto: IIBB axborot xizmati
Toshkentda Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida qator shaxslar jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlandi.
Poytaxt IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi yurituvidagi ish bo‘yicha quyidagi shaxslar qo‘lga olingan:
1968 y.t. Ismatilla Aripov;
1980 y.t. O‘lmasjon Aripov.
IIBB ma’lum qilishicha, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.
“Hurmatli fuqarolar, agar siz ushbu shaxslardan yoki jinoiy guruh a’zolaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki ushbu shaxsning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

23:56 / 20.05.2025
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni qo‘lga olishda yordam bergan fuqaro 10 mln so‘m bilan taqdirlandi

20:52 / 20.05.2025
«Credit House» ishida 182 mlrd so‘m zarar aniqlandi

20:24 / 20.05.2025
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi. Loyiha qiymati – 50 mln dollar

18:02 / 20.05.2025