Prezident yordamchisi kotibiyatiga mudir tayinlandi

Prezident farmoyishiga muvofiq, Ziyomuhamedova Dilnoza Murodovna O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi ma’lum qildi.
Tayinlovga qadar Dilnoza Ziyomuhamedova Prezident administratsiyasi Ijro etuvchi apparati Ommaviy axborot vositalari, televideniye va matbuotni rivojlantirish sho‘’basi mudiri lavozimida ishlab kelgan. 2023 yil avgust oyida “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Administratsiya tashkiliy tuzilmasida o‘zgarishlar ro‘y bergan, administratsiyada shu’ba mudiri lavozimida ishlab kelgan Saida Mirziyoyeva prezident yordamchisi etib tayinlangan edi.
Mavzuga oid

20:03 / 07.07.2025
Saida Mirziyoyeva Zoyid nomidagi xalqaro mukofotning hakamlar hay’atiga kiritildi

19:53 / 27.06.2025
Saida Mirziyoyeva Fitch O‘zbekiston kredit reytingini oshirganini e’tirof etdi

18:10 / 27.06.2025
Saida Mirziyoyeva ommaviy axborot vositalari xodimlarini tabrikladi

23:35 / 24.06.2025