O‘zbekistonga choy asosan Xitoydan olib kelinyapti
O‘zbekiston 23 ta davlatdan choy import qilgan.
O‘zbekiston 2023 yilning yanvar-may oylarida 23 ta xorijiy davlatdan qiymati qariyb 21,1 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 14,7 ming tonna choy import qilgan.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, choy importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 718 tonnaga oshgan.
5 oyda O‘zbekiston eng ko‘p choy import qilgan davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilyapti – 11,4 ming tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
Keniya – 1 ming tonna;
Eron – 893 tonna;
Hindiston – 338 tonna;
Qozog‘iston – 247 tonna;
Shri-Lanka – 185 tonna;
Indoneziya – 179 tonna;
Rossiya – 175 tonna;
BAA – 173 tonna.
Mavzuga oid

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi

17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi

23:16 / 01.04.2025