Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prokuraturaning ikki xodimi pora berishda gumonlanib ushlandi
Qo‘lga olinganlardan biri Bosh prokuratura katta prokurori bo‘lsa, yana biri Uchtepa tumani prokuraturasi tergovchisidir.

Foto: Kun.uz
6 may kuni Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori E.A. va Toshkent shahar Uchtepa tumani prokuraturasi tergovchisi A.D.lar jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida, protsessual tartibda ushlandi.
Bosh prokuraturaning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 (Firibgarlik) va 28, 211 (Pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bosh prokuratura bunday tadbirlar prokuratura organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, tizimni nopok xodimlaridan tozalash doirasida amalga oshirilayotganini qayd etgan. Shuningdek, tergovga aralashish va to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida ishning boshqa tafsilotlar oshkor etilmasligi ma’lum qilindi.
Mavzuga oid

12:29
Plastik karta orqali pora olgan bojxona inspektori ushlandi

13:03 / 16.07.2025
Tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirishni va’da qilgan tibbiyot xodimi ushlandi

07:28 / 16.07.2025
Mirobod tumani ichki ishlar boshqarmasi bo‘linma boshlig‘i ushlandi

12:15 / 15.07.2025