Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belarus prezidentligiga da’vogar Tsepkalo sirtdan 17 yilga qamaldi
Hozir u xorijda istiqomat qilmoqda.

Foto: DW
Minsk sudi Belarus Respublikasi prezidentligiga sobiq da’vogar Valeriy Tsepkaloni sirtdan 17 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Unga jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.
U yirik miqdorda pora olish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish, hokimiyatni egallab olishga ommaviy chaqiriqlar, ekstremistik guruh tuzish, qasddan yolg‘on ko‘rsatma berish, ekstremistik faoliyatni moliyalashtirish, Belarus Respublikasini obro‘sizlantirish, Lukashenkoga tuhmat va ommaviy haqorat qilishda aybdor deb topildi.
Tsepkalo 2020 yilgi prezidentlik saylovida nomzodini qo‘ymoqchi edi. Biroq, Markaziy saylov komissiyasi imzo to‘plash jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni sabab qilib, uni ro‘yxatdan o‘tkazmagan. Shundan so‘ng, unga qarshi jinoyat ish ochildi. Tsepkalo saylovlar arafasida mamlakatni tark etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u huquq-tartibot idoralaridagi do‘stlaridan bo‘lajak hibs va xotinining ota-onalik huquqidan mahrum etilishi mumkinligi haqida ogohlantirish olgan.
Mavzuga oid

20:34 / 01.08.2025
Putin va Lukashenko skameykada o‘tirib intervyu berdi

07:53 / 28.07.2025
Germaniya IIV Rossiya fuqarolariga gumvizalar berish to‘xtatilganini tasdiqladi

17:49 / 26.07.2025
Belarus kiberfiribgarlari pullarning bir qismini O‘zbekistonga yuborgani ma’lum bo‘ldi

09:08 / 24.07.2025