Jahon | 17:49 / 26.07.2025
7852
2 daqiqa o‘qiladi

Belarus kiberfiribgarlari pullarning bir qismini O‘zbekistonga yuborgani ma’lum bo‘ldi

Belarusliklardan jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan pul mablag‘lari turli mamlakatlarga yuborilgan.

Foto: iStock

Belarus kiberfiribgarlari aldangan fuqarolardan olingan mablag‘larning 5,9 foizini O‘zbekistondagi bank muassasalari hisob raqamlariga yo‘naltirgan. Bunday ma’lumotlarni Belarus Tergov qo‘mitasi taqdim etdi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning ikkinchi choragida kiberfiribgarlar Belarus fuqarolaridan jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritgan pul mablag‘larining 47,2 foizi Rossiyaga yo‘naltirilgan.

Keyingi o‘rinlarni katta farq bilan O‘zbekiston va Slovakiya egalladi - 5,9 foizdan. Topga Tojikiston (5,8 foiz) va Qirg‘iziston (5,6 foiz) ham kirdi.

Jinoyatchilar, shuningdek, aldangan fuqarolarning mablag‘larini Vetnam, Malayziya, Lyuksemburg, Isroil va Chili bank tashkilotlari hisob raqamlariga o‘tkazgan.

Tergov qo‘mitasi firibgarlarning sxemasi haqida ham ogohlantirdi: ular abonentlarga bonuslar, jo‘natmalar yoki tovar va xizmatlarga chegirmalar olish taklifi bilan elektron pochta xabarini yuboradi. So‘ngra «sovrinlarni» olish uchun havola orqali o‘tish va o‘z ma’lumotlarini kiritishni talab qiladi.

Mavzuga oid