O‘zbekiston import televizorlarni asosan Xitoydan sotib olyapti
O‘zbekistonga 10 oyda 115,1 mingta televizor import qilingan.

Foto: iStock
O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-oktabr oylarida xorijdan qiymati 31,1 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 115,1 mingta televizor import qilingan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, televizor importi 2021 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 23,9 mingtaga oshgan.
O‘zbekiston 16 ta davlatdan televizor import qilgan.
O‘zbekiston 10 oy mobaynida eng ko‘p televizor import qilgan davlatlar orasida Xitoy birinchi o‘rinni egallab turibdi – 65,5 mingta.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Rossiya – 45,3 mingta;
- Indoneziya – 3,1 mingta;
- Polsha – 597 ta.
Mavzuga oid

21:05 / 18.04.2025
Xitoy josuslik va kiberhujumlar orqali Rossiyaning o‘nlab qurollaridan nusxa ko‘chirgan

22:36 / 17.04.2025
Zelenskiy Xitoyni Rossiyaga qurol yetkazib berishda aybladi

12:53 / 17.04.2025
Xitoy Rossiyaning yana bir loyihasini rad etdi

12:46 / 17.04.2025