O‘zbekiston | 14:45 / 05.06.2025
879
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Navoiyda "aqlli shahar" infratuzilmasini amalga oshirmoqchi

Shanhay import va eksport palatasi bilan hamkorlikda Xitoy hududlari va Navoiy viloyati o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan biznes-forum o‘tkazildi.

Foto: "Dunyo" AA

Mazkur tadbirda O‘zbekiston tomonidan Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari Elbek G‘afforov boshchiligidagi delegatsiya, shuningdek, Xitoyning 50 dan ortiq yirik kompaniya vakillari qatnashdi.

Tadbir doirasida Xitoy kompaniyalari vakillari bilan Navoiy viloyati hududida "aqlli shahar" infratuzilmasi, "yashil" energetika, mebel va avtomobil ehtiyot qismlari, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Yakunda ushbu sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun muzokaralarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Safar davomida Navoiy viloyati delegatsiyasi vakillari Xitoyning yirik kompaniyalari faoliyati bilan bevosita tanishdi. Shuningdek, korxonalar rahbariyati bilan Navoiy viloyatida birgalikda ishlab chiqarish quvvatlarini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida fikr almashdi.

Mavzuga oid