Buxorodagi maktabda xonaning shifti qulab tushdi
18 sentabr kuni Buxoro shahridagi 2-maktabda sinfxona shiftidagi plastik material ko‘chib tushdi. Viloyat XTB axborotiga ko‘ra, hech kimga shikast yetmagan: voqea tunda ro‘y bergani sabab xonada o‘quvchi va xodimlar bo‘lmagan.

Foto: Daryo.uz
Boshqarma rasmiy xabarida maktab binosi 1937 yilda pishgan g‘ishtdan qurilgani va u ta’mirtalab ahvolga kelib qolgani qayd etilgan. Binoning yog‘och taxtadan iborat eskirgan shiftiga plastik qoplama qachon o‘rnatilganiga aniqlik kiritilmagan.
“O‘quvchilar ayni paytda xavfsiz binoda o‘qishlarini davom ettirishyapti.
Viloyatning qurilish sohasidagi mutaxassislari tomonidan binoda o‘rganish va ekspertiza ishlari olib borilmoqda”, – deyiladi Buxoro viloyati Xalq ta’limi boshqarmasining OAVda tarqalgan surat bo‘yicha bergan izohida.
Mavzuga oid

10:06 / 21.04.2025
Buxoroda IIBning qator mulozimlari ishdan olindi

11:32 / 19.04.2025
Buxorodagi xususiy klinikada 11 yoshli bola ukoldan so‘ng vafot etdi

11:40 / 16.04.2025
Xitoy Buxoroda "aqlli" shahar infratuzilmasini yaratishda qatnashadi

21:10 / 01.04.2025