O‘zbekiston | 21:55 / 04.08.2025
2024
2 daqiqa o‘qiladi

Saksovulfurushlarni ta’qib qilib, hujumga uchragan inspektorlar taqdirlandi

Ular notanish shaxslar tomonidan kaltaklangan, xizmat mashinasi pachaq qilingan edi.

Foto: Ekologiya vazirligi

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasining yetti nafar inspektori tabiatni muhofaza qilish borasidagi jasorat va fidoyiligi uchun «Tabiat himoyachisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.

15 iyul kuni Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi inspektorlari tomonidan Peshko‘ tumanining «Safron» cho‘l massivida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazilgan edi.

Reyd davomida inspektorlar Xorazm viloyatida yashovchi fuqarolar tomonidan «ZIL» rusumli yuk mashinasi bilan cho‘l massivi hududidan noqonuniy ravishda saksovul o‘simligini kesib, yuk mashinasiga ortgan holda cho‘lning ichki yo‘li orqali ketayotganini ko‘rib qolgan va boshqarmaga tegishli avtomashina bilan yuk mashinasini ta’qib qilgan.

Keyinroq notanish fuqarolar qo‘lida har xil turdagi sovuq qurollar (bita, armatura, temir truba) bilan boshqarmaning avtomashinasini urib, pachaq qilgan hamda inspeksiya boshlig‘ini har xil nojo‘ya so‘zlar bilan haqoratlagan. Bundan tashqari, huquqbuzarlar boshqarma inspeksiya xodimlarining yuz va tana qismlari barcha sohasiga urib, turli xil og‘ir tan jarohatlari yetkazgan edi (birining oyog‘i singan).

Mavzuga oid