O‘zbekistonga Xitoydan 15 ming tonna choy olib kelindi
Xitoydan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.
O‘zbekistonga 2022 yil yanvar-iyul oylarida Xitoydan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmida choy yetakchilik qilyapti – 15,1 ming tonna.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 1,8 ming tonna mandarin va 627 tonna olma ham olib kelingan.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan mahsulotlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- o‘simlik yog‘i – 532 tonna;
- kakao va shokolad – 458 tonna;
- makkajo‘xori – 446 tonna;
- qandolat mahsulotlari – 161 tonna;
- baliq va dengiz mahsulotlari – 41,4 tonna.
Mavzuga oid

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi

17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi

23:16 / 01.04.2025