Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Darslar boshlanishi bilan Toshkentga tirbandliklar qaytdi
5 sentabrdan O‘zbekistonda yangi o‘quv yili boshlandi. Bu esa eng ko‘p oliygohni o‘zida jamlagan Toshkent shahri ko‘chalarida uzun tirbandliklarni yuzaga keltirdi.

Poytaxtdagi qator ko‘chalar 10 balli tirbandliklarda qoldi. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarning noroziliklariga to‘lib-toshdi.
Fikr bildiruvchilar shaharda yurib bo‘lmayotgani, jamoat transporti kam, noqulay va tiqilinch ekanini yozmoqda.
Ayrimlar farzandini maktabga kuzatib qo‘yish uchun kelgan ota-onalar ko‘chaning ikkinchi harakat qatnoviga ham mashinasini qo‘yib ketayotgani, yo‘l yuzidagi restoranlarda o‘tkazilayotgan nahorgi oshlar ham tirbandliklarga katta hissa qo‘shayotganini aytyapti.
"Yandeks" servisi mazkur xabar e’lon qilinayotgan ayni daqiqalarda ham (12:10 holatiga) Toshkentda 7 balli tirbandlik hukmronligini ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid

20:16 / 09.08.2025
Toshkentda svet o‘chmasligi uchun yana 1,8 trillion so‘m ajratiladi

12:54 / 09.08.2025
Toshkentda bankomatni o‘g‘irlashga uringan uch kishi ushlandi

22:00 / 08.08.2025
Toshkentda bu yil 374 km elektr tarmog‘i, 11 ta nimstansiya va 62 ta transformator yangilanadi

19:08 / 05.08.2025