Jamiyat | 12:54
1765
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda bankomatni o‘g‘irlashga uringan uch kishi ushlandi

Ular Beshqayrag‘och ko‘chasida bankomatni ko‘tarib mashina yukxonasiga joylashtirishga uringanda uni og‘irligidan tushirib yuborgan. 

Foto: IIBB

Joriy yilning 3 avgust kuni soat 23:50 larda Uchtepa tumani IIO FMB navbatchilik qismiga tumandagi “Xurshid” mahalla fuqarolar yig‘ini Beshqayrag‘och ko‘chasiga o‘rnatilgan Paynet bankomatini o‘g‘irlashga urinish bo‘lganligi haqida xabar kelib tushgan. 

Voqea joyiga yetib borgan tezkor-qidiruv xodimlarining surishtiruv ishlari natijasida uch nafar gumonlanuvchi - A.Sh., T.F., Z.Z. ushlandi

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu uch shaxs qo‘lqoplar, yuzni yashirish uchun bosh kiyimlar kiyib, kulrang Trasker avtomashinasining davlat raqamlarini yechib olgan holda harakatlangan. 

Voqea joyida bankomatni ko‘tarib mashina yukxonasiga joylashtirishga uringanda uni og‘irligidan tushirib yuborgan. Taraqlab tushgan bankomat ovozi fuqarolarning e’tiborini tortganidan shubhalanib, ular shikast yetgan bankomatni tashlab voqea joyidan qochib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 25-modda orqali 169-moddasi (O‘g‘irlik qilishga suiqasd) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga oid