Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Husan Hasanovich Mamajonov o‘z vazifasidan ozod etildi. Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Abduqayum Yuldashevich To‘xtaqulov Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
SSV matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Abduqayum To‘xtaqulov shu vaqtgacha Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali direktori vazifasida ishlab kelgan.
53 yoshli Abduqayum To‘xtaqulov Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti o‘qituvchisi sifatida ishlab, tajriba orttirgan. Keyinchalik Qo‘qon shahar shoshilinch tibbiy yordam markazi xirurgi, Beshariq tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
A.To‘xtaqulov 2019 yilda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali direktori vazifasiga tayinlangandi.
Ma’lumot uchun, Husan Mamajonov 2020 yil avgustida Odiljon Umarov o‘rniga Farg‘ona viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangandi.
Mavzuga oid

08:40 / 07.06.2025
Alyumin sexida 1,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

15:25 / 02.06.2025
Ayrim sudyalar vakolati muddati davriga qayta tayinlandi

11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi

19:58 / 21.05.2025