Andijonda benzin quyish shoxobchasida yong‘in yuz berdi

Foto: Videodan kadr
Andijon shahri, Pirmuhammedov ko‘chasida joylashgan benzin quyish shoxobchasida yong‘in yuz berdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati Kun.uz ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, benzinni maxsus idishga quyish jarayonida chaqnash yuz bergan va yerga to‘kilgan benzin orqali yong‘in yuz bergan.
Hozirda o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni to‘liq bartaraf etishdi. Binolar yong‘indan zarar ko‘rmagan. Benzin quyish shoxobchasining 1 nafar xodimi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Yong‘in oqibatlari va kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.
Mavzuga oid

17:42 / 22.04.2025
Yunusobodda Lacetti yonib ketdi

23:54 / 21.04.2025
Orlandoda yo‘lovchi samolyotida yong‘in chiqdi

18:42 / 21.04.2025
Seulda erkak pestitsid purkagich yordamida 21 qavatli binoga o‘t qo‘ydi

15:58 / 18.04.2025