Orlandoda yo‘lovchi samolyotida yong‘in chiqdi
Atlantaga uchishi kerak bo‘lgan Airbus A330 bortida 200 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ularning barchasi evakuatsiya qilingan.

Foto: Videodan kadr
Orlando xalqaro aeroportida Delta Air Lines samolyoti dvigatelida yong‘in chiqdi. Fox35’ning AQSh Fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasiga tayanib xabar berishicha, havo kemasi bortida bo‘lgan barcha evakuatsiya qilingan.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa 21 aprel kuni ertalab sodir bo‘lgan. Airbus A330 Atlantaga uchishga tayyorlangan. Samolyot bortida 200 nafar yo‘lovchi, shuningdek, 10 nafar bort kuzatuvchi va ikki uchuvchi bo‘lgan.
Havo kemasi harakatni boshlagan vaqtda dvigatellardan biri alanganlanib ketgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlardan ko‘rish mumkinki, yo‘lovchilari samolyotni shishiriladigan trap orqali favqulodda tark etgan. Bu vaqtda qutqaruv xizmati xodimlari olovni o‘chirishga kirishgan. Jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.
Avvalroq Denverdan Edmontonga uchayotgan United Airlines tegishli samolyoti favqulodda qo‘ndirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bunga parvoz vaqtida dvigatellarning birida yong‘in chiqqani sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid

19:09 / 21.04.2025
Airbus vodorodda uchadigan «yashil» samolyotini taqdim etishni kechiktirdi

18:42 / 21.04.2025
Seulda erkak pestitsid purkagich yordamida 21 qavatli binoga o‘t qo‘ydi

15:58 / 18.04.2025
Toshkentda erkak o‘zaro kelishmovchilik ortidan tanishining Teslaʼsini yoqib yubordi

19:12 / 17.04.2025